Qurbonlikni almashtirish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bir birodarimiz bitta qo‘yni qurbonlik qilaman deb niyat qilgan, keyin tanishlari bitta qoramol so‘yishayotganini aytgan va olti kishi bo‘lishgani xohlasa ettinchi kishi bo‘lib qo‘shilishi mumkinligini aytishgan. Endi u qo‘yni qo‘yib, qoramolga sherik bo‘lsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar nisob egasi bo‘lsa joiz bo‘ladi. Agar nisob egasi bo‘lmagan kishi qo‘yni sotib olgan bo‘lsa, o‘sha qo‘yni qurbonlik qilishi vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 19:27 | Savol-javoblar | 148 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar