Do‘zax va jannatga kim borib kelibdi deganda

Assalomu alaykum! Menga maslaxat bersangiz degandim. Qur’oni karimda do‘zax va jannat xaqida judda ko‘p oyatlar nozil bo‘lgan albatta. Mening bir eng yaqin insonim “do‘zaxu jannat bormi yo‘qmi xech kim bilmaydi, xech kim borib kelmapti” dedilar. Shu insonni xukmi qanday bo‘ladi? O‘zlari musulmon. Sir emas xozirda kichkina shirklar ko‘payib bormoqda. Shulardan misol agarda mening ota-onam va onam, bobom, tog‘am va amakilarim duo qilayotgan paytlarida “falonchini ruxi, arvoxi qo‘llasin, madad qilsin, korimizga rivoj bersin, Hizir alayxissalom nazar qilsin, yordam bersin, falon bobo balo qazodan saqlasin” deb duo qilishadi. Lekin Allohni eslamaydilar. Judda qattiq jaxlim chiqadi. Shunday xollarda yoshi kattalar farqi yo‘q xox ota-onam bo‘lsinlar shunaqa duo qilayotgan paytlarida men qanday yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Jannat va do‘zax hozirda yaratilgan, uni yaratilganligiga va haqligiga iymon keltirish farz amal. Iymon keltirmasa mo‘min hisoblanmaydi. “Kim borib ko‘rib kelibdi” degan gap johillar ichida bor. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam me’rojga chiqdilar, o‘sha kechada Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga juda ko‘p narsalarni ko‘rsatildi, shu bilan birga jannat va do‘zaxni ham. Alloh jannat va do‘zaxni bor deb tursa payg‘ambari bor deb tursalar, ko‘rib kelgan bo‘lsalar, yuzlab hadislarda aytib turgan bo‘lsalar buni inkor qilish yoki bunda shak qilish mo‘min kishining ishi emas. Hozirda odamlar aqli etmagan narsaga “Aqlim etmadi, bilmadim” deyish o‘rniga inkor qilishga o‘tadi. Go‘yoki butun ishlarni uning aqli hal qiladi. Aqli etmagan narsa bo‘lishi mumkin emas va muxol deb hisoblaydi.
2). Siz o‘sha vaqtda indamay, boshqa xursand vaqtini topib Ustozimiz rahimahullohning shu masalaga tegishli gaplardan ko‘rsating yoki eshittiring. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:11 | Savol-javoblar | 138 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar