Foizsiz kredit kartasi

Assalomu alaykum! 1). Bank malum summaga kredit kartasi beradi va kartadan ishlatilgan summani aniq bir mudatga foizsiz qaytarishga bo‘lib beradi. Maqoli shu kartochkadan foydalansam bo‘ladimi? 2) Ikkinchi savolim shu kredit karta orqali zargarlik buyumlarini sotib olsa bo‘ladimi? Bunda zargarlik buyumlarini sotaetgan do‘kon buyum narxini to‘liq xolda kartadan echib oladi, echilgan summani (3;6;12) oy davomida kartaga foizsiz to‘ldirib boriladi. Shu joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vaqtida to‘lamay muddatdan o‘tkazib yuborilsa foiz to‘lashni shart qilgan bo‘ladi. Siz shu shartidan bexabar ko‘rinasiz. Joiz emas. Vallohu a’lam!

20 Dekabr 2023, 08:55 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar