Masjiddagi gilam ustiga joynamoz solish

Assalomu alaykum! Jamoat bilan namoz o‘qiganimizda ayrim insonlar gilam ustiga aloxida joynamoz yoki sajda qiladigan joyga ro‘molcha solib olishadi. Shu xaqida masjidimiz imomiga savol bersak “xech qanday sababsiz solib o‘qisa jamoatdan ajrab qoladi” deb javob berdi. Agar jamoatdan ajrab qolsa o‘qigan namozi nima bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Pokiza joy bo‘lganidan keyin yana joynamoz solishga hech qanday hojat yo‘q. Sajda qiladigan joydan badbo‘y hid kelib turgan bo‘lsa yoki chang bo‘lsa o‘shandan saqlanish uchun solgan bo‘lsa bu joiz. Avvalgi holatda yuvilgan qo‘lini yana yuvishga o‘xshaydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:11 | Savol-javoblar | 166 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar