Reklama panelidan tirikchilik qilish

Assalomu alaykum! Xozirgi kunda reklama vositalari ko‘payib bormoqda. Agar men chetdan biror bir reklama vositasini aytaylik ekran, yoki undan zamonaviyrok vositalarni olib kirsam va maxalliy bozorga sotmoqchi bo‘lsam, mendan xarid qilmoqchi bo‘lganlarning faoliyati kiyimlar (ochiq kiyimlar xam bo‘lishi mumkin), fast fud (taom tarkibida xalol bo‘lmagan masalliqlar), turli ko‘ngilochar yo‘nalishlar (kino, o‘yinlar, attraktsionlar...), yoki xozirgi kunda urf bo‘layotgan to‘ylardagi ko‘z ko‘zlar va xokazolar bilan bog‘liq ekanligini bilsam, ularga shu maxsulotni sotishim yoki ijaraga berishim joizmi? Turli savdo ko‘ngilochar markazlarigachi? Javobingiz uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz ishlarga ishlatilsa ham yomon ishlarga ishlatilsa ham bo‘ladigan narsalarni savdosi joiz. Uni nimaga ishlatishi o‘z ixtiyorida. Sotuvchi bunda gunohkor bo‘lmaydi. Aks holda hozirgi kunda telefon savdolari ham joiz bo‘lmay qolar edi. Chunki qancha-qancha odamlar undan yomon narsalarda ham foydalanishadi. Gunoh ishga ishlatishini ochiq-oydin aytib tursa unga sotishingiz joiz emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:12 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar