Tarmoqli uslubda dorilar sotish

Assalomu alaykum! Hozirga paytga kelib koreyts va xitoy va shunga o‘xshash davlatlarni dori tarqatish firmalari ko‘payib ketdi. Shu firmaga a’zo odamlar ham yaxshi daromad topayaptilar. Hattoki garchi foydasi bo‘lmasligini bilishsada o‘lim to‘shagida yotgan odamga xam dorilarini tavsiya qilishmoqda. Eshitishimcha qancha ko‘p dori sotishsa shunga qarab pul berar ekan. Bu firmalarda shunday yo‘l bilan pul topish joizmi? Shu yo‘l bilan topilgan pullar halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday qilish joiz emas. O‘sha firmalarning maqsadi insonlarni shifo topishi emas. Ularga a’zo bo‘lganlarning ham niyat shifo emas. Ular sodda, go‘l siz aytgandek hatto o‘lim to‘shagida shifo ilinjida xas hashakka ham yopishadiganlardan pul o‘maruvchilar hisoblanadi. Ustozimiz rahimahulloh ularning faoliyatini “ochiq oydin harom, shariatga zid” deb fatvo bergan bo‘lsalar ham ular davom ettirishsa biz nima deyishimiz mumkin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:12 | Savol-javoblar | 156 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar