Sajda qilgan holda xotima topish

Assalomu alaykum! Ko‘p inson sajda qilgan holida xotima qilishini hohlaydi. Sajda holida boqiy hayot tomon rixlat qilishni hohlaydi. Shunday duo bormi? Allohdan shunday hayoti tugashini so‘rash uchun yoki bunday duo qilish joiz emasmi? Iltimos joiz bo‘lsa. Arabcha duosi bo‘lsa yozinglar. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kim bu dunyoda nima bilan ko‘p shug‘ullansa o‘shaning ustida vafot topadi. Chiroyli xotima topish uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam quyidagi duoni ta’limini berganlar.  وروينا فيه عن أنس رضي الله عنه، قال: كان النبي صلى الله عليه وسلم يقول إذا انصرف من الصلاة: "اللهم اجعل خير عمري آخره، وخير عملي خواتمه، واجعل خير أيامي يوم ألقاك  Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam qachon namozdan forig‘ bo‘lsalar:اللهُمَّ اجْعَلْ خَيْرَ عُمُرِي آخِرَهُ وَخَيْرَ عَمَلِي خَوَاتِمَهُ وَاجْعَلْ خَيْرَ أَيَّامِي يَوْمَ أَلْقَاكَ «Allohummaj’al xoyra ’umuriy axirohu va xoyro ’amaliy xovatimahu vaj’al xoyro ayyamiy yavma alqoka», deb aytar edilar.
(Ma’nosi: Ey Alohim, umrimning yaxshisini oxiri, amalimning yaxshisini xotimasi va kunlarimning yaxshisini Senga yo‘liqadigan kun qil.)
Ibn Sunniy rivoyatlari. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 15:42 | Savol-javoblar | 160 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar