Ishxonaga tekshirib borsa nima bo‘ladi

Assalomu alaykum! Bir jiyanimni ayoli jiyanimni kechki payt ko‘chaga chiqishlaridan shubxalanib ishxonaga tekshirgani boraman, nima qilib yurganingi surishtiraman debdi. Jaxl ustida jiyanim agar borsang o‘sha kuni uch taloqsan degan. Oilada o‘zaro janjallar bo‘lib turadi. Ayol jaxl ustida erining ishxonasiga tekshirishga borib qolish xavfi yo‘q emas. Agar borsa uch taloq tushadi. Buni oldini olish uchun jiyanim shu gapini qaytib olsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimizda aytgan gapdan qaytish degan gap yo‘q. Xususan taloq borasida. Borishi bilan uch taloq tushadi. Uch taloqni hukmini bilishsa kerak.
Bir kishi uch taloqni biror shartga ta’liq qilib ayoliga: “Agar otangni uyiga borsang uch taloq” desa va u er ayolini ota uyiga borib kelishini ham, uch taloq tushmasligini ham xohlasa, er yuqorida o‘tgan ikkinchi suratga binoan ish tutadi. Shart topilishidan oldin er ayoliga bir boin taloq beradi va idda tugagandan keyin ayol otasi uyiga borib keladi yoki bir raj’iy taloq beradi. Idda tugashi bilan raj’iy taloq boinga aylanadi va ayol otasi uyiga boradi. Er shundan keyin ikkinchi nikoh bilan u ayolga uylansa va taloq ta’liq qilingan shart topilsa, bas taloq voqe’ bo‘lmaydi. Lekin, bu hiyla “kulla ma” lafzidan o‘zga shart predloglari uchundir. Chunki, “kulla ma”ga bu hiyla o‘tmaydi.
Agar hiyla qilingandan keyin idda vaqtida ayol otasi uyiga borib kelsa, ta’liq qilingan uch taloq voqe’ bo‘ladi. Chunki, idda maboynida bir tomondan ayolda nikoh boqiy hisoblanadi. Bizni huzurimizga kelishsa tushintirib qo‘yamiz. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 02:20 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar