Iddada o‘tirgan ayolga sovchi kelishi
Assalomu alaykum! 1). Erim bilan ajrashganman, xozir idda o‘tiribman, sovchilar kelib turishibdi, lekin kelgan sovchilarga ko‘rinish mumkin emas ekan shunqa deb aytishyapti. Shundaymi? 2). Erim bilan ajrashganimga 4oy bo‘ldi, idda o‘tirganimga esa 3oy bo‘ldi. Eshtishimga qaraganda er taloqni bergandan keyin 3 xayz ko‘rishi kerak ekan. Men esa idda o‘tirishimdan oldin 1 xayz ko‘rgan edim. Idda o‘tirganimdan keyin esa 2 xayz ko‘rdim. Menda idda tugagan bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Iddasi tugamagan ayolga sovchi qo‘yishlik joiz emas. Alloh taolo “Baqara” surasida marhamat qiladi: وَلاَ جُنَاحَ عَلَيْكُمْ فِيمَا عَرَّضْتُم بِهِ مِنْ خِطْبَةِ النِّسَاء أَوْ أَكْنَنتُمْ فِي أَنفُسِكُمْ عَلِمَ اللّهُ أَنَّكُمْ سَتَذْكُرُونَهُنَّ وَلَكِن لاَّ تُوَاعِدُوهُنَّ سِرًّا إِلاَّ أَن تَقُولُواْ قَوْلاً مَّعْرُوفًا وَلاَ تَعْزِمُواْ عُقْدَةَ النِّكَاحِ حَتَّىَ يَبْلُغَ الْكِتَابُ أَجَلَهُ وَاعْلَمُواْ أَنَّ اللّهَ يَعْلَمُ مَا فِي أَنفُسِكُمْ فَاحْذَرُوهُ وَاعْلَمُواْ أَنَّ اللّهَ غَفُورٌ حَلِيمٌ 235. U ayollarga qochirim ila sov¬chilik qilishingiz yoki uni o‘z ichingizda yashirin tutishingizda gunoh yo‘q. Albatta, siz ularni eslashingizni Alloh biladir. Lekin ular bilan xufyona va’dalashmang. Magar ma’ruf so‘z aytsangiz, mayli. Farz qilingan (idda) o‘z muddatiga etmagunicha, nikoh bog‘lashga qasd qilmang. Va bilingki, Alloh ichingizdagini albatta biladir. Bas, Undan ogoh bo‘ling. Va bilingki, albatta, Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta hilmlidir.
Eri taloq qilgani sababli idda o‘tirgan ayolga boshqa erkak sovchi qo‘yishi yoki nikohlab olishi harom ekanini, chunki u ayolda taloq qilgan erining to‘la haqqi borligini, bu haq ayolning iddasi chiqquncha sobit turishini, unga qaytishga eng haqli odam eri ekanini o‘tgan oyatlardan bildik.
2). Idda tugamagan bo‘ladi. Talog‘ingizni bergan kundan beri uch hayz ko‘rib poklangan bo‘lsangiz o‘shanda iddangiz chiqqan hisoblanadi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:18 | Savol-javoblar | 155 | Oila va turmush