Mullaga o‘qitish

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, bir mullaga engillik uchun o‘qitgani bordim. Biz bilan bir qiz bola ham kirdi, u qiz baxtim ochilmayabdi dedi. Shunda mulla hammamizga atab o‘qidida, tasbehini orasidan qizga qarab “yaqinda baxting ochiladi” dedi. Mana shunday mullalarning bashorat berib o‘qishi haqida dinmizda nima deyilgan? Javob uchun rahmat. Alloh xammamizdan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Undaylarni mulla deyilmaydi. Kelajakni Alloh taolodan boshqa hech kim bilmaydi. Hatto o‘sha bobolarim, momolarim yoki odamlarim deyayotganlar ham bilmaydi. Gapirayotgan gaplari yolg‘ondir. Ba’zi fuqaholar g‘aybni gapirgani uchun kofir bo‘lishini ham aytishgan. Albatta biz ularni yaxshi tanimaganimiz uchun kofir demaymiz. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 23:20 | Savol-javoblar | 177 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar