Salovotda adashganda sahv sajdasi

Assalomu alaykum! Men namozda salovot o‘qiyotganimda adashib ketaman. Shunday holatda sahv sajdasini oxirida qilish kerak ekanini izlash xizmatidan bildim. Savolim shuki: bu holda salovotni o‘qib bo‘lgach darhol sajdaga borilib, salom berib namoz tugatiladimi? Qaytadan tashahhud, salovot o‘qilishi kerak emasmi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namoz o‘qiyotgan salom beradi, so‘ng sajdai sahv qiladi, qaytadan tashahhud va salovatlar o‘qiydi so‘ng salom beradi. Ikkinchisi esa salom berishdan oldin ikki sajda qilib keyin salom berib chiqadi. Tashahhud va salovatlarni qayta o‘qimaydi.  قال الكاساني في بدائع الصنائع: وَأَمَّا بَيَانُ مَحَلِّ السُّجُودِ لِلسَّهْوِ فَمَحَلُّهُ الْمَسْنُونُ بَعْدَ السَّلَامِ عِنْدَنَا سَوَاءٌ كان السَّهْوُ بِإِدْخَالِ زِيَادَةٍ في الصَّلَاةِ أو نُقْصَانٍ فيها Imom Kosoniy “Badoe’ as-Sanoe’” kitoblarida “Namozda biror narsani ziyoda qilsa ham kamaytirsa ham sajdai sahvning sunnat o‘rni bizning nazdimizda salom berilgandan keyin qilinadi” deganlar.  وإذا عَرَفَ أَنَّ مَحَلَّهُ الْمَسْنُونَ بَعْدَ السَّلَامِ فإذا فَرَغَ من التَّشَهُّدِ الثَّانِي يُسَلِّمُ ثُمَّ يُكَبِّرُ وَيَعُودُ إلَى سُجُودِ السَّهْوِ، ثُمَّ يَرْفَعُ رَأْسَهُ مُكَبِّرًا ثُمَّ يَتَشَهَّدُ وَيُصَلِّي على النبي صلى اللَّهُ عليه وسلم وَيَأْتِي بِالدَّعَوَاتِ وهو اخْتِيَارُ الْكَرْخِيِّ وَاخْتِيَارُ عَامَّةِ مَشَايِخِنَا بِمَا وَرَاءَ النَّهْرِ  Sajdai sahvning sunnat bo‘lgan o‘rnini bilganidan keyin(to‘rt rak’atli namozda) oxirgi tashahhuddan foriq bo‘lgach salom beradi, so‘ng takbir aytib, sahv sajdasini qiladi, so‘ng takbir aytib boshini ko‘taradi, so‘ng tashahhud va Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salovat aytadi, so‘ng duolar o‘qiydi, so‘ng salom beradi. Bu Karxiy va Mavarounnahr mashoyixlarining ixtiyor qilganidir.   هذا الذي ذَكَرْنَا بَيَانَ مَحَلِّهِ الْمَسْنُونِ وَأَمَّا مَحِلُّ جَوَازِهِ فَنَقُولُ جَوَازُ السُّجُودِ لَا يَخْتَصُّ بِمَا بَعْدَ السَّلَامِ حتى لو سَجَدَ قبل السَّلَامِ يَجُوزُ وَلَا يُعِيدُ لِأَنَّهُ أَدَاءٌ بَعْدَ الْفَرَاغِ من أَرْكَانِ الصَّلَاةِ إلَّا أَنَّهُ تَرَكَ سُنَّتَهُ وهو الْأَدَاءُ بَعْدَ السَّلَامِ. انتهى Bu yuqoridagi sahv sajdasidagi sunnat o‘rnining bayonidir. Qilsa joiz bo‘ladigan o‘rniga kelsak, sajdaning joizligi salom bergandan keyingi o‘ringa xos emas. Salomdan avval sajda qilsa ham bo‘laveradi. Keyin qayta salom bermaydi, chunki bu namozning ruknlaridan forig‘ bo‘lgandan keyin ado qilinmoqda. Lekin sunnatni tark qilgan bo‘ladi. chunki sajdai sahvni salomdan keyin qilish sunnat. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:19 | Savol-javoblar | 141 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar