Aroqsiz tuy

Assalomu alaykum! Jiyanim yaqinda uylanadi, bir muommo qiynayabdi otasi to‘yga aroq qo‘yasan deb harhasha qilayotgan ekan. To‘yni jiyanim o‘zi ishlab topgan puliga qilayapti. Jiyanim ikkilanib qolgan o‘zi umuman aroqsiz qilmoqchi, otam to‘yga kelmasa, duo qilmasa odamlar nima deydi deb o‘ylanib yuribdi. Shunga men unga dalil qilib sizlarga yozdim javobingizni o‘ziga o‘qitaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota bunday qilib farzandini umrining oxirigacha davom etadigan ibodatini harom bilan boshlanishiga yo‘l qo‘ymasin. Chunki namoz bir kunda besh maxal, ro‘za bir oy, haj besh kun va hokazo qolgan ibodatlar ham tez kunlarda ado bo‘ladi. Chiroyli niyatda oila qurgan kishilarning nikohlanish ibodati esa umrlarining yoki nikohlarini tugallanishigacha davom etadi. Albatta bunday ibodatlar barakotli, samarali bo‘lishi uchun avvali Alloh rozi bo‘ladigan halol holatda bo‘lishi kerak. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:20 | Savol-javoblar | 134 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar