Masjidga kirish makrux bo‘lgan xolatlar

Jobir raziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: مَنْ أكَلَ البَصَلَ ، والثُّومَ ، والكُرَّاثَ ، فَلا يَقْرَبَنَّ مَسْجِدَنَا ، فَإنَّ المَلاَئِكَةَ تَتَأَذَّى مِمَّا يَتَأَذَّى مِنْهُ بَنُو آدَمَ (رَوَاهُ الامام مُسلم) ya’ni: “Kim piyoz, sarimsoq va dasht piyozi esa masjidimizga yaqin kelmasin, chunki farishtalar odamlar aziyat chekadigan narsalardan ozorlanadilar” (Imom Muslim rivoyati). Bu ma’nodagi hadislarni sharhlab Alloma Badriddin Ayniy shunday deydilar: ويلحق بما نص عليه في الحديث كل ما له رائحة كريهة من المأكولات وغيرها وإنما خص الثوم هنا بالذكر وفي غيره أيضا بالبصل والكراث لكثرة أكلهم بها وكذلك ألحق بذلك بعضهم من بفيه بخرأو به جرح له رائحة وكذلك القصاب والسماك والمجذوم والأبرص أولى بالإلحاق ya’ni: “...Hadisda zikr qilingan (ko‘kat)larga har qanday yoqimsiz hidli, eyiladigan yoki eyilmaydigan narsalar kiradi. Bu erda xossatan piyoz, sarimsoq va dasht piyozi aytilgani – ular ko‘p iste’mol qilingani uchundir. Ba’zilar o‘sha badbo‘y ko‘katlar (eyish hukmi)ga og‘zida badbo‘y hidi bo‘lgan yoki yoqimsiz hidli jarohati bor kishilarni ham qo‘shgan. Xuddi shunday qassob, baliqchi (ya’ni, bu kasb egalari ish kiyimida masjidga kelishsa, ulardan badbo‘y hid kelib turadi. Toza-pokiza bo‘lib kelishsa zarari yo‘q), pes (tanasining ko‘rinib turadigan joylarida oq dog‘lari bor kishilar) va maxov (a’zolarning chirishi kasalligi bor kishilar) ham bu hukmga qo‘shilishga loyiq” (“Umdatul qoriy” kitobi). Shunga ko‘ra badanida oq dog‘i bor kishi masjidga kirishi makruxmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Badbo‘y hid kelsa makruh. Bu erda uning tanasidagi oq dog‘laridan emas, undan keladigan hiddan makruh bo‘ladi. Bu hamma badanida oq dog‘lari borlarga ham tegishli emas. Qancha qancha imomlarimiz bor Alloh taolo ularni shu imtihon bilan sinagan. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:20 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar