Taxmin qilib yutuq olish

Assalomu alaykum! Bir necha kun oldin itv ( tv dastur) kompaniyasi telegramda bir tanlov e’lon qildi, unga ko‘ra Futbol bo‘yicha Evro 2020 o‘yinlarida guruh bosqichdan qaysi jamoalar keyingi bosqichga chiqishini va keyingi bosqichda ana shu jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv nechiyu-nechchi bo‘lganini taxmin qilib to‘g‘ri topganlarga ball beradi va tanlov ohirida kim ko‘p ball olgan bo‘lsa, shu ishtirokchi taqdirlanar ekan (qimmatbaho sovg‘a bilan). Lekin bu tanlovda qatnashish uchun hech qanday to‘lov qilinmaydi? Shu o‘rinda menda savol tug‘ildi, bu tanlovning hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qimmatbaho sovg‘asi nimani evaziga keladi? Hamma ishtirokchilarni qatnashganda ketgan megabaytlari evaziga bo‘lsa bunda ham ko‘pchilik pul tikib yutuq bir kishiga bo‘ladigan bo‘lsa qimor hisoblanadi. Kelajakni faqat Alloh bilgani uchun bunday taxmin qilib ish tutmagan yaxshi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 03:17 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar