Qabriston tanlab vasiyat qilish

Assalomu alaykum! Ustozlar, ayol kilish vafot etishidan oldin, otasiga “MENI FALON QABRISTONGA QO‘YINGLAR” deb vasiyat qilgan bo‘lsa, ammo eri uni boshqa qabristonga qo‘ymokchi bo‘lsa, bu erda kim haqli bo‘ladi? Vasiyatga amal qilayotgan otami yoki erimi? O‘zi umuman olganda kelin vafot etsa unga kim ko‘prok haqli bo‘ladi? Otasimi yoki erimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vasiyatlarning ham turlari bo‘ladi. Ba’zilarini qilish kerak, ba’zilarini qilishga hojat yo‘q. Dafn qilishda ham holatga qaraladi, qaysi biri qulay bo‘lsa o‘shani qilinadi. Ayol qiyomatda ham otasi bilan emas eri bilan bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:24 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar