Mashina bozoridagi dallollik
Assalomu alaykum! Ustoz biz mashina savdosi bilan yaqindan beri shug‘ullanyapmiz. Bozorda o‘rtakashlar bor ekan ya’ni dallollar. Ular bizni oldimizga kelib mashinaga haridor bor, 100$ haq bersang xaridorni olib kelaman va savdoga yordam beraman deydi. Odatda haridorga mashinani olishni majbur qiladi va xaridor men aytgan narxda oladi. Men o‘rtakashga 100$ xizmat haqi berishimni xaridor bilmaydi. Savolim shuki savdo joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Aslida dallollik joiz, lekin bizning bozorlardagi dallollar shariatga amal qilmaydilar. Ulardan xaridor haqqiga gohida sotuvchi haqqiga xiyonat sodir bo‘ladi. Siz bilib turib rozi bo‘lishingiz o‘sha ishni qilishingiz bilan barobar bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:38 | Savol-javoblar | 182 | Moliya va tijorat