Oyoq yuvmasdan tahorat olish

Assalomu alaykum! Meni 2 oydirki oyoq og‘rig‘i qiynayapti. Oyoqlarimning nervlari shamollagan. Tahorat qilgandan so‘ng juda qiynalyapman. Xatto bir kunda bir mahal oyog‘imni yuvsam ham og‘riq zo‘rayadi. Chiday olmayman xatto oqsoqlanib ham qolaman. Dori-darmonlar esa vaqtinchalik. Alloh kechirsin ko‘p namozlarim qazo bo‘lib qolayapti. Oyog‘imni hech bir namozdan oldin yuvmasdan tahorat olsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz namozlarni qazo qilmang. Qolgan a’zolarni yuvib, oyoqqa mash torting. Issiq suvda yuvib tez artib mahsi kiyib oling. Xohlasangiz ertalabda oyoqni bir marotaba yuvib, mash tortsa bo‘ladigan “eshel mest” nomli paypoqdan kiyib oling. Biz bu javrobga ikkilanib qolgan edik. Dunyoning etuk muftiylaridan Muhammad Taqiy Usmoniy kelganlarida alohida ko‘rsatib joizligiga fatvo oldik. U haqida so‘raganimizda o‘zlari ham oyoqlariga kiyib olgan ekanlar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:24 | Savol-javoblar | 155 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar