Jon chiq vaqtida
Assalomu alaykum! Eshitishimcha insonni joni chiqvotganda oyog‘ini qiblaga qilish kerak ekan. Shunday bo‘lishi mumkinmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Muhtazarni o‘ng yonboshi ila qiblaga yuzlantirish sunnatdir. Chalqancha yotqizish ixtiyor qilingan. Shahodat talqin qilinadi. Muhtazar(o‘limga yuz tutgan shaxs)ga nisbatan qilinadigan mustahab ishlar: 1. Muhtazarni sunnatga binoan, o‘ng yonboshi bilan qiblaga qaratib yotqiziladi. Chunki vafot etganidan keyin xuddi shu holda qabrga qo‘yiladi. Payg‘ambarimiz alayhissalom Baytulloh haqida: «U sizning tirigingizning ham, o‘ligingizning ham qiblasidir», deganlar. رَوَى الْحَاكِمُ عَنْ أَبِي قَتَادَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم لَمَّا قَدِمَ الْمَدِينَةَ سَأَلَ عَنِ الْبَرَاءِ بْنِ مَعْرُورٍ، فَقَالُوا تُوُفِّيَ وَأَوْصَى بِثُلُثِهِ لَكَ، وَأَوْصَى أَنْ يُوَجَّهَ إِلَى الْقِبْلَةِ لَمَّا احْتُضِرَ فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم أَصَابَ الْفِطْرَةَ، وَقَدْ رَدَدْتُ ثُلُثَهُ عَلَى وَلَدِهِ Imom Hokim Abu Qatodadan qilgan rivoyatda quyidagilar aytiladi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam Madinaga kelib, Baro ibn Ma’rur haqida so‘radilar. «U vafot qildi. Molining uchdan birini sizga vasiyat qildi. Muhtazar bo‘lganida qiblaga yuzlantirishga vasiyat qildi», deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sof tabiatni topibdi. Uning uchdan birini bolasiga qaytardim», dedilar». Agar buning iloji bo‘lmasa, uni chalqancha holida yuzi va ikki oyog‘ini qiblaga qaratib yotqiziladi va oyoqlari qiblaga bo‘lib qolmasligi uchun tizzalarining ostiga biror narsa qo‘yib, ko‘tarib qo‘yiladi. Chunki ushbu holatda uning jag‘ini tang‘ish, ko‘zini yumdirish oson bo‘ladi. Mayyit qotganda bukilib qolmaydi. 2. Muhtazarga «Laa ilaaha illallohu»ni aytish talqin qilinadi. Hanafiy mazhabi ulamolari: «Mayyitni lahadga qo‘ygandan keyin ham ushbu kalimai tavhid talqin qilinadi», deganlar. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 08:59 | Savol-javoblar | 174 | Dolzarb savollar