Mikdor qancha

Assalomu alaykum! Hurmatli zikr axli jamoasi, yigit va qiz nikohlanayotgan payitda kuyov kelinga mahr berishi kerak deyilgan. Shuning miqdori qancha bo‘lishi kerak. Ba’zilar tillaning grammini hisoblaydi desa, ba’zilar mahrga beriladigan buyumning narxi to‘g‘ri kelishi kerak deyapti. Shunga oydinlik kiritib bersangizlar. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hanafiy mazhabida mahrning eng ozi 10 dirham deb belgilangan. O‘sha davrlarda 10 dirham bir dinorga to‘g‘ri kelgan. Hozirgi kunimizda bir dinor masalan bu yilgi zakot nisobi(15.725.000)ni 20dan biri. Ya’ni taxminan 786.250 so‘mdir. Bu eng ozining miqdori. Qancha ko‘p berish erning himmatiga bog‘liq. Vallohu a’lam!

20 Aprel 2022, 21:10 | Savol-javoblar | 167 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar