Taloqdan keyingi taloq

Assalomu alaykum! 1. Bir marta taloq tushgandan keyin nikoh o‘qilmasdan aytilgan keyingi taloqlar (masalan 1 hafta 10 kundan keyin uch taloqsan deyish) tushmaydimi? Ayol bir taloqda qolaveradimi? 2. Hayz holatida taloq bersa taloq tushmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayol taloq qilingach iddaga o‘tiradi. Odatda idda homilador uchun bolasini tuqqunicha, homilador bo‘lmasa uch hayz ko‘rgunicha. Hayz ko‘rmaydiganlar uch oy muddat o‘tguncha iddada bo‘lishadi. Shu vaqt ichida qo‘yilgan taloq tushaveradi. Juda ko‘pchilik iddadagi ayolga taloq tushishini bilishmaydi.
2). Hayz holatda ham taloq tushadi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:24 | Savol-javoblar | 164 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar