Boshqaning nomidan umra qilish

Assalomu alaykum! Marxum shayx xazratlari rahimahulloh aytgan javob bo‘yicha, savol shundan iborat, men ham bobom nomidan umra qilmoqchiman, bu mening birinchi umram bo‘lganligi uchun va undan keyin umra nasib qiladimi yo‘qmi, bilmaganligim uchun bobomning nomidan umra qilsam, meni nomimdan ham umra qilganlik savobi bo‘ladimi? Menga ham xasanotlar bo‘ladimi yoki avval o‘zim uchun umra ziyoratini mukammal qilib olayinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Borsangiz umra amali 3-4 soat ichida tugaydi. Keyin xohlaganingizga xohlaganingizcha umra qilaverasiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:24 | Savol-javoblar | 191 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar