Yolg‘iz uxlash haqida

Assalomu alaykum! Meni shu savol qiynayapti berilgan savolga bunday javob berilibdi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vassallam bir uyda yakka uxlashni man etganlar (Imom Ahmad rivoyati) Shu hadis sahihmi? Bu hadisda bir uyda deganda bitta xona nazarda tutilyaptimi? JAVOB: - Va alaykum assalom! Ha, yolg‘iz bir xonada yotish nazarda tutilmoqda. Yolg‘iz holda uxlash makruh hisoblanadi. Vallohu a’lam! Agarda bola balog‘at yoshiga etgan bo‘lsayu yakka o‘g‘il bo‘lsa nima qiladi? Uyda yotgani akasi yoki ukasi bo‘lmasa nima qiladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uni zarari yo‘q. Qolaversa bu notinchlik holatiga ham tegishli bo‘lgan. Hozirda tinchlik. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:25 | Savol-javoblar | 184 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar