Qolib ketgan qarz
Assalomu alaykum! Alloh sizdan rozi bo‘lsin. Men o‘zga yurtga borib mol olib kelib bozorda sotardim, ya’ni oilam bilan albatta. Ayollar jinsi shimidan bundan ancha yillar oldin shu oxirgi borganimda ko‘proq mol olib kelgandim. U erdagilar ishonib qarzga berib yuborishardi. U mollarni sotib keyingi safar borganimda pulini olib borib berardim. Shu molni sotolmadim, qolib ketdi, bozordan kasodga tushib chiqib ketdik. Endi shu mollarni puli bo‘ynimda qarz bo‘lib qoldi. Agar xozir borsam xam ularni topolmayman deb qo‘rqaman. Shu pullarni qanday to‘lasam bo‘ladi? Egalarini ko‘rinishi xam esimda qolmagan. Bo‘ynimda turibdi, shu qarz ko‘p qiynayapti. Nima qilsam bo‘ladi? Qanday yo‘l tutay? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! E’lon berasiz, qanday qurbingiz etsa o‘shanday haq egalarini topib bering. Agar topilmasa o‘shalar nomidan savob umid qilmasdan faqir miskinlarga sadaqa qilasiz. Faqat ular qachon bo‘lsa ham topilsa o‘zlariga qaytarasiz. وَلِلنَّسَائِيِّ: وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ لَوْ أَنَّ رَجُلًا قُتِلَ فِي سَبِيلِ اللهِ ثُمَّ أُحْيِيَ، ثُمَّ قُتِلَ ثُمَّ أُحْيِيَ، ثُمَّ قُتِلَ وَعَلَيْهِ دَيْنٌ مَا دَخَلَ الْجَنَّةَ حَتَّى يُقْضَى عَنْهُ دَيْنُهُ Nasoiy qilgan rivoyatda:
«Mening jonim qo‘lida bo‘lgan Zot ila qasamki, agar bir kishi Allohning yo‘lida qatl qilinsa, so‘ng tiriltirilsa, yana qatl qilinsa va tiriltirilsa, so‘ng yana qatl qilinsa-yu, uning zimmasida qarzi bo‘lsa, qarzi ado etilmaguncha jannatga kirmas», deyilgan.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning qasam ichib turib aytishlari ham bu ishning qanchalik ahamiyatli ekanini ko‘rsatadi.
Alloh taoloning yo‘lida shahid bo‘lish qanchalik ulug‘ maqom! Shahid uchun jannat eshiklari doimo katta ochiq. Lekin qarz ishi nihoyatda og‘ir. Agar inson Allohning yo‘lida bir emas, uch marta shahid bo‘lsa ham, qarzini ado qilmagan bo‘lsa, jannatga kira olmaydi. Unday odamning jannatga kirishi olgan qarzining uzilishiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Qarzi uzilsa, jannatga kiradi, bo‘lmasa yo‘q.
Chunki qarz, qayta-qayta ta’kidlanganidek, bandaning haqi, bu haqni faqat o‘z egasi kechadi. Alloh taolo kechmaydi. Qarz olib, uni uzmay yurganlar bu haqiqatni yaxshilab anglab olmoqlari lozim. عَنْ سَمُرَةَ: رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ صَلَّى الْفَجْرَ فَقَالَ: هَاهُنَا مِنْ بَنِي فُلَانٍ أَحَدٌ؟» ثَلَاثًا، فَقَالَ رَجُلٌ: أَنَا، قَالَ: فَقَالَ: «إِنَّ صَاحِبَكُمْ مَحْبُوسٌ عَنِ الْجَنَّةِ بِدَيْنِهِ. رَوَاهُ أَحْمَدُ Samura roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam Bomdodni o‘qib bo‘lib, uch marta: «Bu erda Banu Fulondan kim bor?» dedilar. Bir kishi: «Men», dedi. Sohibingiz qarzi tufayli jannatdan to‘silib turibdi», dedilar».
Ahmad rivoyat qilgan. (“Qarz” kitobidan). Vallohu a’lam!
7 May 2022, 10:49 | Savol-javoblar | 164 | Moliya va tijorat