Ayolga taqlid qiluvchi erkaklar
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, xozirgi kunda ayol xonandalarga taqlid qiluvchi va ayol kiyimini kiyib yurgan erkaklarga u shariatimizda qanday hukmlar bor? Odamlar undaylarni to‘ylariga olib kelishsachi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Undaylarni la’nati inson deyiladi. O‘shandaylarni to‘yiga taklif qiluvchilar ham la’natilikda ularga sherik bo‘lishadi. Bu o‘ta og‘ir gunoh, oqibati ham ayanchi bo‘ladi. Alloh taolo Qur’oni karimda gunoh ishlarda yordam berishdan va uni rivojiga hissa qo‘shishdan qattiq qaytargan. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: لَعَنَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الْمُتَشَبِّهِينَ مِنَ الرِّجَالِ بِالنِّسَاءِ، وَالْمُتَشَبِّهَاتِ مِنَ النِّسَاءِ بِالرِّجَالِ Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam ayollarga o‘xshashga uringan erkaklarni va erkaklarga o‘xshashga uringan ayollarni la’natladilar».
Sharh: Bu bobdagi erkaklarning ayollarga o‘xshashga urinishi yurish-turishda, gap-so‘zda va kiyimda bo‘ladi. Ayollarning erkaklarga o‘xshashga urinishlari ham xuddi shunday. وَعَنْهُ قَالَ: لَعَنَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الْمُخَنِّثِينَ مِنَ الرِّجَالِ وَالْمُتَرَجِّلَاتِ مِنَ النِّسَاءِ، وَقَالَ: أَخْرِجُوهُمْ مِنْ بُيُوتِكُمْ، فَأَخْرَجَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فُلَانًا، وَأَخْرَجَ عُمَرُ فُلَانًا. رَوَاهُمَا الْخَمْسَةُ إِلَّا مُسْلِمًا Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam xotinchalish erkaklarni va erkaksifat ayollarni la’natladilar hamda:
«Ularni uylaringizdan haydab chiqaringlar», dedilar.
Bas, Nabiy sollallohu alayhi vasallam falonchini haydab chiqardilar. Umar falonchini haydab chiqardi».
Beshovlaridan faqat Muslim rivoyat qilmagan.
Sharh: «Xotinchalish erkak» deganda ayollarga o‘xshatib yurishga, gapirishga, kiyinishga harakat qiladigan erkaklar ko‘zda tutiladi. Shuningdek, «erkaksifat ayollar» deganda ham sun’iy ravishda erkaklarga o‘xshab kiyinadigan, gapiradigan va yuradigan ayollar ko‘zda tutiladi. Agar bu sifatlar odamda tabiiy ravishda bor bo‘lsa, bu hukmga doxil bo‘lmaydi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Asjasha nomli qora qulni xotinchalishlik qilgani uchun shahardan chiqarib yuborganlar.
Umar ibn Xattob roziyallohu anhu o‘zlarining xalifalik davrlarida Mone’ ismli xotinchalishni shahardan haydab chiqarganlar. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: لَعَنَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الرَّجُلَ يَلْبَسُ لِبْسَةَ الْمَرْأَةِ، وَالْمَرْأَةَ تَلْبَسُ لِبْسَةَ الرَّجُلِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ. وَلِأَبِي دَاوُدَ وَالطَّبَرَانِيِّ: مَنْ تَشَبَّهَ بِقَوْمٍ فَهُوَ مِنْهُمْ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam ayollarga o‘xshab libos kiygan erkakni va erkaklarga o‘xshab libos kiygan ayolni la’natladilar».
Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar.
Abu Dovud va Tabaroniy qilgan rivoyatda:
«Kim bir qavmga taqlid qilsa, u o‘shalardandir», deyilgan. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:31 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar