Taom

Assalomu alaykum! Yaqinda mahalla imomi aroqni harom bo‘lgani uchun “bismillah” deb ichgan inson dindan chiqadi, turmush o‘rtog‘i bo‘lsa nikohi buziladi dedi. Shunga o‘ylanib qoldim. Bu saytda o‘qidimki bebismillo so‘yilgan hayvon go‘shti harom ekan. Allohga shukur ichmayman, lekin xorijda (ishga) bo‘lganimda bilmay, “bismillah”, deb shubhali, balkim haromdir go‘shtlar eganman. Shunga o‘ylanib qoldim, imomning boyagi aytgan hukmi menga tushadimi? Alloh sizlarga ajru savoblar bersin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Agar o‘sha siz aytgan go‘sht cho‘chqaning go‘shti bo‘lsa va siz bilib turib qasdan qilgan bo‘lsangiz, imomning gapiga aniq tushadi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 00:15 | Savol-javoblar | 120 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar