Bomdod namozidan keyin janoza namozi

Assalomu alaykum! Men Kifoya kitobida o‘qidimki nafl namozlar o‘qish mumkin bo‘lmagan vaqtlarda janoza namozi ham o‘qib bo‘lmas ekan. Lekin barcha masjidlarda bomdod namozidan keyin va asr namozidan keyin janoza namozi o‘qiladi. Buni qanday tushunish mumkin? Javob uchun avvaldan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nafl namozini o‘qish makruh bo‘lgan vaqtlarda janoza namozini o‘qish joiz. Joiz emas degani quyosh chiqayotgan, tikkaga kelgan va botayotgan vaqtda joiz emas. Bamdoddan keyin quyosh chiqishidan oldin o‘qish joiz, asr namozini o‘qigandan keyin ham o‘qish joiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:34 | Savol-javoblar | 152 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar