Qurbonlik qiluvchi haqida

Assalomu alaykum shayh xazratlari. Din yo‘lida qilayotgan barch xayrli ishlaringizni Alloh qabul qilsin.Bir necha yil oldin juma maruzalarning birida qurbonlik qilish haqida maruza eshitgan edim, shu maruzada qurbonlik qilayotgan odam soch, soqol va tirnog‘ini olmasa yahshi bo‘lishi ya‘ni shu qurbonlik qilayotgan odamning soch-soqollari ham qurbonlik savobiga ega bo‘lishi haqidaa aytilgan edi. Shu qanchalik to‘g‘ri qurbonlik qilayotgan odam qachondan boshlab soch soqolini olmasligi kerak. Agar no o‘rin yoki takror savol bergan bo‘lsam oldindan uzur so‘rayman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘sha oyning birinchi kunidan boshlab.

27 May 2022, 06:03 | Savol-javoblar | 157 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar