Avto 60 oy

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar kilayotgan ishlarizga Alloh oxiratda ajrni ziyoda bersin. Toshkent shaxridagi Zarqaynar supermarketida firma ish yuritvotkan ekan. Bu firma 60 oyga bo‘lib to‘lashga mashina berishyapti. Boshida 3million so‘m to‘lanarkan, keyin avtasalonni narxida mashina rusumiga qarab ustiga pul qo‘ymasdan 60 oyga bo‘lib to‘lashga berishvotdi. Mashina 7 oyda chiqarkan chiqishi bilan olgan odammi nomiga o‘tkizilarkan. Bu kreditda bank umuman ishtirok etmasakan. Shu kreditdan foydalanish ribo bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Unda maslan 30 oy pulini to‘lab, keyin to‘lolmay qolsangiz mashinani qaytarib olib qo‘yilib, 30 oy to‘lagan pulni ham qaytarilmaydi degan shart bor ekan. Shu kabi shartlar shariatimizga tushmaydi. Bu shar’an nojoiz. Shariatimiz bor boricha yo‘q holicha yashashga targ‘ib qiladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:39 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar