O‘gay ona haqida

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Onam yoshligimda vafot etganlar, hatto u kishini eslay olmayman. Ko‘p o‘tmay dadam boshqa bir ayolga uylandilar, o‘sha vaqtda yoshim 4 edi. Hozir yoshim 23 da. Hozirgacha ular bilan birga yashayman. Ikkinchi onamdan tug‘ilgan uch singlim va bir ukam bor. Sizga bermoqchi bo‘lgan savolim, agar shu ayolga o‘z onamga yaxshilik qilgandek yaxshiliklar qilib roziligini olsam, o‘z onamni rozi qilgandek ajrga ega bo‘la olamanmi? Savolim o‘rinsiz bo‘lsa sizdan uzr so‘rayman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
InshaAlloh savob olasiz.

26 May 2022, 18:13 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar