Namozni xecham boshlay olmayapman

Assalomu alaykum! Men bir gunoxkor banda namozimni xech xam boshlay olmayapman. Xar kuni o‘qiyman deb niyat qilaman, lekin qandaydir kuch meni to‘xtadi. Alloh oldida vijdonim azoblaniyapti. Gunoxlarim ko‘p, astoydil Allohga tavba qilib namozni to‘kis ado etib tavba qilsam gunoxim kechirilarmikin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gunohning davosi tavba. Tezda tahoratni oling va peshonani sajdaga qo‘ying. Bu tayyorgarlik ko‘radigan marosim emas. Inson gunoh qilsa uning qalbiga do‘zaxdan bir azob etadi. Yaxshilik qilsa jannatdan bir rohat etadi. Yashab dunyodan o‘taverasiz, ko‘mib kelinaveradi, lekin benamozlik uchun baribir azobdan qochib qutilish yo‘q. Insonlarga xayronsan turmush qurmasdan turib ersiz farzand ko‘rdim desa “Sen aqldan ozibsan” deyishadi. “Ekin ekmasdan hosil olsa bo‘ladi” desa ham “Sen aqldan ozibsan” deyishadi. Ammo ularga Alloh “Falon-falon amallarni qilsang jannatga kirasan” desa u amallarni qilmasdan jannatga kirishni orzu qilishadi. Bunday odamni kim deyish mumkin? Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:42 | Savol-javoblar | 166 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar