Harom go‘sht

Assalomu alaykum! Men Rossiyada talabaman. Allohga shukr, namozni o‘qib haromdan saqlanyapman. Lekin shu meni og‘aynilarim unday qilishmayapti. Biri sala(cho‘chqa go‘shti) yesa, boshqasi Allohni ismi ila so‘yilmagan go‘sht eydi. Ularga Allohni ismi ila so‘yilmagan mol, qo‘y hamda tovuq go‘shti harom bo‘ladi deb tushintirmoqdaman, ammo quloq solishmadi. Alloh bularni betaqvo ekanligi uchun balo yuborsa, balo barchamizga kelishini bilaman shunga qaytarishda davom etyapman. Savolim shuki Allohni ismi ila so‘yilmagan mol, qo‘y hamda tovuq go‘shti harom bo‘lish haqida tushuncham to‘g‘rimi, va bundan baliq go‘shti mustasno deb eshitdim bu rostmi? Va menga yo‘l ko‘rsating, xonadoshlarimni taqvoga chaqirmoqchiman nmadan boshlaganim maqul?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Cho‘chqaning barcha narsasi haromligi hammaga mu’lum. Musulmon kishi dinida harom bo‘lgan narsalarni emaydi, ularni pishirmaydi. Alloh taolo "An’om" surasida marhamat qiladi: وَلاَ تَأْكُلُواْ مِمَّا لَمْ يُذْكَرِ اسْمُ اللّهِ عَلَيْهِ وَإِنَّهُ لَفِسْقٌ وَإِنَّ الشَّيَاطِينَ لَيُوحُونَ إِلَى أَوْلِيَآئِهِمْ لِيُجَادِلُوكُمْ وَإِنْ أَطَعْتُمُوهُمْ إِنَّكُمْ لَمُشْرِكُونَ۝ 121. Ustida Allohning ismi zikr qilinmagan narsalarni emanglar. Shubhasiz, u fisqdir. Albatta, shaytonlar o‘z do‘stlariga sizlar bilan tortishishni vasvasa qilurlar. Agar ularga itoat qilsangiz, albatta, sizlar ham mushriklar bo‘lursizlar. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 07:17 | Savol-javoblar | 170 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar