Ikki salovot orasidagi duo

Assalomu alaykum! Sahih Qudsida Alloh "banda ikki salovot orasida qilgan duosini qabul qilmaslikka or qilaman" ma’nosida xadis bor. Namozdagi salovotdan keyin duo qilib, salomdan oldin yana salovot etish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ha, farz namozlarida salomdan keyin o‘tirish Alloh Azza va Jallani eng ulkan rahmati yog‘iladigan vaqtlardandir. Inson turib ketishga shoshmasligi kerak. Bu vaqtda istig‘for, Oyatul Kursiy, tasbeh, tahmid, takbirlarni aytib vaqtidan unumli foydalanib duo qilib olish kerak. Chunki inson bu vaqtda Alloh taoloning ziyofatida bo‘ladi. Alloh taolo "Sharh" surasida marhamat qiladi:  فَإِذَا فَرَغْتَ فَانصَبْ۝ 7. Forig‘ bo‘lsang, (ibodatga) uringin. وَإِلَى رَبِّكَ فَارْغَبْ۝ 8. Va faqat Robbingga rag‘bat qilgin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:43 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar