Imom Abu Hanifa kitobidan
Assalomu alaykum! Hilol nashrining “Imom A’zam” nomli kitobining 74-betida imom Az’am gohida bir rakatda goxida bir kechada goxida uch kunda Qur’onni xatm qilgan deyilyapti. Qanday qilib bir rakatda xatm qilish mumkin? Uch kundan ozi mumkin emasku, bu narsa yolg‘onmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz bilan biz vaqtni uzunasini bilamiz. Uzunasi bu 24 soatdir, Alloh taolo ba’zi bir bandalariga vaqtning enini ham berar ekan. Muhammad Hasan Deddu(hozirgi kundagi tirik shaxs, hazratimiz rahimahulloh u kishini juda ko‘p maqtar edilar, butun hadis zahirasi u kishiga yod bo‘lgan deb aytishadi) o‘z bobosi haqida hikoya qilib, “Yarim soatda etti pora Qur’on o‘qir edi” deganlar. O‘zimiz guvohi bo‘lgan qancha-qancha kishilar bor xuftonni harami sharifda o‘qib, chiqib ketmasidan bamdodgacha ikki rak’at naflga niyat qilib Qur’onni xatm qilganlar. Hozirgi kunda ko‘p kitob yozganlar mundarijasida bir necha olimlarning ismlari keltirilgan. Ularni yozgan kitoblari bilan yashagan umrlarini solishtirilsa yozgan kitoblari yashagan vaqtlariga to‘g‘ri kelmaydi. Lekin bu haqiqat. Eng yorqin misol Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bir kechada me’rojga chiqib, jannatu do‘zax va undagi narsalarni ko‘rib tushganidir. Uch kunda xatm qilish bu ommatan insonga tegishli. Xoslar bundan mustasno. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:43 | Savol-javoblar | 133 | Kitoblar