Marhum ruhiga ehson

Assalomu alaykum! O‘tganlarning ruhini shod qilish maqsadida ehson oshi berish bid’at amal bo‘lsa, iltimos, shariatimiz qoidalaridan chetga chiqmagan holda, marhumlar xotirasiga ehson qilishni to‘g‘ri yo‘lini ko‘rsating. Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘tganlarga savobini bag‘ishlash uchun har qanday ehsonni qilish joiz. Faqat kunini, taomning turini tayin qilish, nochorlarni ham ehson qilmaganlikda ayblash, mustahab ishni vojib darajasiga ko‘tarish joiz emas. Birortasini qo‘lidan kelsa o‘tib ketganlarining tarafidan haji badal qildirsin. Qoldirgan ro‘za va namozlarining fidyasini bersin. Nomidan sadaqai joriyalar joriy qilsin. xohlasa har bir qilgan nafl ibodatlarini savobini bag‘ishlasin. Ammo axmoqlik qilib kun, maxsus taom, mustahabni vojib, etimlarni haqqini poymol qilmasin. Merosini taqsim qilinmaganlarning haqqini emasin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:42 | Savol-javoblar | 138 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar