Qabri qayta qazilgan qiz

Assalomu alaykum! Yaqinda internetta tarqalgan bir videoni ko‘rib qoldim. Unda bir yosh muslima qiz 2yil avval vafot etib, har kuni otasini tushiga kirib "otajon, meni bu erdan boshqa erga o‘tkazing, yonimdagilar menga ozor beryapti" der ekan. U qiz xayotlik chog‘ida yaxshi amallar qilib namozni mahkam tutgan ekan. Otasi oxiri imom-domlalarning oldiga borib bo‘lgan voqeani aytib qabrni o‘tkazishlikka ruxsat so‘rabdi. Qizni qabrini kovlab yuzini ochishganida xuddi tirik odamday yuzlari nurli, chiroyli bo‘lib turibdi. Va uni boshqa qabrga ko‘chirishdi. (Bu voqea qaysi davlatdaligi menga noma’lum). Savolim shuki: "yonimdagilar ozor beryapti" deganda nimani tushunish mumkin? Shu voqea rostdan xam bo‘lishi mumkinmi? Kafanlangan mayyitni yuzini ochsa bo‘ladimi? Yana uni yuzini ochib videoga ham olishgan, va ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p tarqalgan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmon odam unaqangi shov-shuv va axmoqliklarga ishonmasligi kerak. Odatda din dushmanlari musulmonlarni axmoq qilish uchun botil toifalar o‘zlariga insonlarni moyil qilishi uchun bu kabi maynavozchilikni qilishadi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:45 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar