Lo‘li sexr jodu haqida

Assalomu alaykum! Ustozlar, bir yil oldin uyimizga bir lo‘li kelib, uyinda sexr amal qilingan, men ko‘rsatgan erni kovlasang bir qora xotin sexr qilgan matox chiqadi dedi. Shuni olib tashlamasang ishing yurishmaydi degandi. Men unga ishonmasdan lo‘lini ketkazvorgandim. Yaqinda boshqa bir lo‘li kelib uyizga bir erkak va bir ayol sexr kqilingan matox ko‘mgan, men supurgi bilan ko‘rsatgan erni kovlasangiz chiqadi shuni olib tashlang, evaziga xech narsa so‘ramayman, xolis Alloh uchun sizlarga yaxshilik qilmokchiman dedi. (Ukam 32 yoshga kirdi uylamoqchimiz lekin ilgari bo‘lmayapti oilamizdayam qandaydir tushunmovchiliklar bo‘lyapti ishlarimiz xam yurishib ketmayapti). Men bu safarxam lo‘liga ishonmadim va ketkazvordim. Men bir rivoyatni esladim: bir musulmon ochiq dengizda bir o‘zi cho‘kayotgan xolda edi shunda bir qayiqda bir odam kelib uni qutqarmoqchi bo‘ldi shunda cho‘kayotgan musulmon kerakmas meni Xudo qutqaradi deb qayiqchini ketkazvoradi. Birozdan keyin boshqa qayiqchi kelib uni qutqarmoqchi bo‘ladi musulmon uni xam rad etadi va meni faqat Xudo qutqaradi deydi. Keyin musulmon cho‘kib o‘ladi. Musulmunning ruxi ey Xudo meni qutqaradi deb Senga ishongandim lekin sen meni qutqarmading deydi. Shundan so‘ng bir farishta kelib Xudo seni qutqarish uchun ikkita qayiq jo‘natdi lekin o‘zing rad etding deydi. Meni savolim shuki men xam shu musulmon singari o‘zimga-o‘zim jabr qilmayapmanmi? Iltimos bizga maslaxat beringlar nima kilishimiz kerak. Javob uchun oldindan rahmat. Javobni telegramdagi Fotiha.uz kanalilardaxam yozsanglar boshqa musulmonlarga xam foydasi bo‘ladi deb o‘ylayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha lo‘lining gapiga ishondingizmi? O‘sha mato lo‘li kirgan hamma uylardan chiqishini bilmaysizmi? Uni aytgan gaplari har bir kirgan xonadoniga aytiladi. Kulgili tomoni, eri yo‘q ayolni uyiga kirib “agar shu ishni qilmasangiz eringiz sizni taloq qiladi” deganiga nima deysiz? Fotiha.uz kanalini bizga aloqasi yo‘q. Bizni kanalimiz Savollar.islom.uz  ya’ni https://t.me/savollar_kanal . Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:48 | Savol-javoblar | 182 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar