Muso alayhissalom haqida
Assalomu alaykum! Fazilatli Shayximiz rahmatullohi alayhning "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam" nomli kitoblarida Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadis keltirilgan. Unda bir yahudiy bilan bir musulmon urishib qoladi. Shunda musulmon: "Muhammad alayhissalomni tanlab olgan Zot ila qasam!" - deydi. Yahudiy esa: "Muso alayhissalomni tanlab olgan Zot ila qasam!" deydi. Shu payt musulmon qo‘lini ko‘tarib, yahudiyning yuziga shapaloq tushiradi. Yahudiy Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga borib, bo‘lgan ish haqida habar beradi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Meni Musodan yaxshi qilmanglar. Odamlar hushlaridan ketganda birinchi o‘ziga kelgan men bo‘laman. Qarasam Muso Arshning bir tomonini ushlab turgan bo‘ladi. Bilmayman, u ham hushidan ketib, mendan oldin o‘ziga kelganmi yoki istisno qilinganlardan bo‘lganmi", - deydilar. Ammo Qiyomat kuni birinchi bo‘lib tiriltiriladigan zot Rasululloh emasmi?! Iltimos shu hadisni sharhlab bersangiz. Oldindan rahmat, Alloh rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam payg‘ambarlarning sayyidi, eng ulug‘i, jannatga birinchi kiruvchi ekanligi, Allohning nazdida u kishidan boshqa birorta ham muqarrab banda yo‘qligi aniq. Shunday bo‘lsada Muso alayhissalom kabi biror payg‘ambarning qaysidir bir jihatdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan afzal bo‘lishlari mumkin. Umumiy jihatdan emas. Siz keltirgan hadisda ham o‘sha bir jihat haqida zikr qilingan. Bir jihatdan afzal bo‘lishlari har tomonlama afzal degan ma’noni bildirmaydi. عَنْ أَبِى هُرَيْرَةَ قَالَ... قَالَ النبى صلى الله عليه و سلم «لاَ تُفَضِّلُوا بَيْنَ أَنْبِيَاءِ اللَّهِ فَإِنَّهُ يُنْفَخُ فِى الصُّورِ فَيَصْعَقُ مَنْ فِى السَّمَوَاتِ وَمَنْ فِى الأَرْضِ إِلاَّ مَنْ شَاءَ اللَّهُ - قَالَ - ثُمَّ يُنْفَخُ فِيهِ أُخْرَى فَأَكُونُ أَوَّلَ مَنْ بُعِثَ أَوْ فِى أَوَّلِ مَنْ بُعِثَ فَإِذَا مُوسَى عَلَيْهِ السَّلاَمُ آخِذٌ بِالْعَرْشِ فَلاَ أَدْرِى أَحُوسِبَ بِصَعْقَتِهِ يَوْمَ الطُّورِ أَوْ بُعِثَ قَبْلِى... Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam “Allohning Anbiyolarini birini boshqasidan ustun tutmanglar. Chunki (qiyomatda) sur chalinadi. Keyin Alloh (hushidan ketmasligini) hohlagandan boshqa eru osmondagilarning barchasi hushidan ketadi. So‘ngra ikkinchi bor sur chalinadi. (Shunda men) birinchi bo‘lib tiriltirilaman yoki birinchi bo‘lib tiriltirilganlar (safi)da bo‘laman. O‘shanda Muso alayhissalom Arshni ushlab turgan bo‘ladi. U (sur chalinganda) Tur (tog‘i)dagi hushidan ketganligi badaliga hushidan ketmaganmi yoki mendan oldin tiriltirilganmi bilmayman” – dedilar.
Muslim rivoyati. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:29 | Savol-javoblar | 136 | Hadislar