Ajrashish to‘g‘risida
Assalamu alaykum! Er-xotin ajrashishsa, eri xotiniga biror mulk ajratib berishi kerakmi? Ayol kishi “nima u bilan shuncha yashab ko‘chada qolamanmi” deb biror narsa talab qilishga haqlimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimiz eng nozik nuqtalargacha katta ahamiyat bergan. Ushbu holatga tushib qolishga ham e’tibor qaratgan. Ayol turmushga chiqishidan oldin, mabodo turmushidan ajrasa, qup-quruq qolavermasligi uchun “mahr” degan narsani tayin qilgan. Mahr uy bo‘lishi ham, qimmat baho narsalar bo‘lishi ham mumkin. Ular qo‘liga tekkanidan keyin tijoratga qo‘yishi ham mumkin. Agar tijorat qiluvchi ayolning eri bo‘lsa, eriga qarzga berishi ham mumkin. Er-xotin birga hayot kechirgan vaqtlarida turar-joyiga yoki ulovlariga qo‘shgan xissasini qaytarib olishi ham mumkin. Shariatimizning ayollarga bergan ushbu huquqlaridan foydalanishi kerak. Agar foydalanmagan bo‘lsa, boshqa biror narsani talab qilishga haqqi yo‘q. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:44 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar