Erimga takror takror taloq qildirdim
Assalomu alaykum! Men turmush o‘rtog‘imdan jiddiy sabablarga ko‘ra talog‘imni so‘radim. Ikki martta “talo talo” dedilar. Men bu xisobga o‘tmidi degan e’tiborda “taloqsan deng” dedim. U qaytardi va en yana “taloq qildim deng” dedim. U yana qaytardi, men javobga muxtojman, bizga qayta nikoh o‘qish mumkinmi? Ya’ni ikki taloq tushganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizlarga ikkitadan ortiq uchta taloq tushibdi.
Er kishi o‘z ayolini bir taloq yoki ikki taloq qilsa, qaytadan yarashishi mumkin. Ammo uch taloq qilgandan keyin o‘sha er uchun u ayol vaqtinchalik haromga aylanadi. Qur’oni Karimning hukmiga binoan, u ayol (idda o‘tirib) boshqa erga tegib, bu eri bilan tabiiy holatda o‘lim yoki taloq tufayli ajrashgandan keyingina (yana idda o‘tirib) birinchi erga nikohi halol bo‘ladi. Buning uchun, albatta, u ayol ikkinchi er bilan er‑xotin bo‘lib yashashi shart. Ikkinchi er jinsiy aloqaga qodir emas kishi bo‘lsa, ayol qaytadan birinchi erga halol bo‘lmaydi. Nikoh to‘g‘ri nikoh bo‘lishi ham shart qilingan. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:48 | Savol-javoblar | 169 | Turli savollar