Avto ulovlarda namoz o‘qish

Assalomu alaykum! Hurmatli Zikr ahli hay’ati. Avto ulovlarda namoz o‘qish haqida Mavounnahr fiqh akademiyasining fatvosini o‘qidim. Lekin aynan shu savolga "Eski savollar" bo‘limida (1155-savol) Shayh Hazratlari "Ishora bilan o‘qiladi. Uyga kelganda yana bir takrorlab qo‘yiladi. Namozni qasddan qazo qilishga hech qanday yo‘l yo‘q" deb javob qilgan ekanlar. Uyga borganda namoz vaqti chiqib ketib bo‘ladi, demak qoldirilgan namoz deb qayta o‘qiladi shunaqami. Yoki man noto‘g‘ri tushundimmi? Sizlarni qimmatli vaqtingizni olganim uchun oldindan uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hazratimiz o‘shanday o‘qisa qazosini o‘qishi shart deb javob berganlar. Shuning uchun qazo qilmasdan mashinadan tushib o‘qish shart. Vallohu a’lam! Quyidagi linkda berilgan javobni o‘qing. https://savollar.islom.uz/s/107679 

25 May 2022, 20:48 | Savol-javoblar | 156 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar