Oisha onamiz jahl ustida ovqat to‘la qozonni uloqtirib yuborganmilar?

Assalomu alaykum! Tanishim bir hadis aytib berdi. Unga ko‘ra, Oisha onamiz bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan xafalashib qolib, jahl ustida ovqat to‘la qozonni uloqtirib yuborgan emishlar. Shunda Rosululloh indamay erga to‘kilgan ovqatni tozalab egan emishlar. Va: "ayollarning qaysarliklariga sabr qilishimiz kerak" degan gapni aytgan ekanlar. Bu sahih hadismi? Shu voqea haqiqatdan ham ro‘y berganmi? Ishonib qo‘ysam Oisha onamizga tuhmat qilgan bo‘lib qolmaymanmi? (Astag‘firulloh).
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Voqe’ u tashingiz aytganindek bo‘lmagan. Voqe’ani aslini “Baxtiyor oila” kitobidan iqtibos qilamiz: عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ عِنْدَ بَعْضِ نِسَائِهِ، فَأَرْسَلَتْ إِحْدَى أُمَّهَاتِ الْمُؤْمِنِينَ مَعَ خَادِمِهَا قَصْعَةً فِيهَا طَعَامٌ، فَضَرَبَتْ بِيَدِهَا فَكَسَرَتِ الْقَصْعَةَ، فَضَمَّ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِحْدَى الْكَسْرَتَيْنِ إِلَى الْأُخْرَى وَجَعَلَ يَجْمَعُ فِيهَا الطَّعَامَ وَيَقُولُ: غَارَتْ أُمُّكُمْ كُلُوا، فَأَكَلُوا حَتَّى جَاءَتْ قَصْعَتُهَا، قَالَ: كُلُوا، وَحَبَسَ الرَّسُولَ وَالْقَصْعَةَ الْمَكْسُورَةَ حَتَّى فَرَغُوا فَدَفَعَ الْقَصْعَةَ الصَّحِيحَةَ إِلَى الرَّسُولِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا مُسْلِمًا وَلَفْظُهُ لِأَبِي دَاوُدَ  Abu Dovud va boshqalar Anas roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam ayollaridan birining huzurida edilar. Mo‘minlarning onalaridan birlari bir idishga taom solib, o‘z xodimlaridan yubordilar. Bas, u (ayol) idishni qo‘li bilan urib, sindirdi.
Nabiy alayhissalom idishning ikki bo‘lagini bir-biriga qo‘shib jamlab, unga taomni yig‘a boshladilar va: «Onangiz rashk qildi, englar», – dedilar.
Ular to u (ayol)ning idishi kelguncha edilar. U zot: «Englar», deb, xizmatchini ham, idishni ham tutib turdilar. Toki ular 
(taom emoqdan) forig‘ bo‘lganlarida butun idishni xizmatchiga berdilar».
Beshovlaridan faqat Muslim rivoyat qilmagan. Ushbu lafz Abu Dovudniki.Ushbu rivoyatda ismlari aytilmayotgan, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning oldilarida bo‘lgan zavjai mutohharalari Oisha onamizdir. Bo‘lib o‘tgan hodisani roviylar maqtovga sazovor emas, deb tushunib, u kishining ismlarini ochiq aytmay, uchinchi shaxs siyg‘asida, u ayol, deb gap yuritishgan.
Boshqa bir rivoyatda esa, bu hodisani Oisha onamizning o‘zlari aytib berganlar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam u kishining uylarida bir to‘p kishilar bilan o‘tirganlarida Sofiya onamiz taom pishirib, xodimlari orqali yuboradilar. Idish ham, taom ham Oisha onamiznikidan yaxshi bo‘ladi.
Shunda Oisha onamizni titroq bosib, Sofiya onamizning idishlarini urib, sindiradilar. Idish ikkiga bo‘linib, taom to‘kiladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam idishning bo‘laklarini yig‘ishtirib, ushlab turib, taomni unga to‘playdilar va o‘tirgan kishilarga: «Onangizning rashki keldi, sizlar (hech xijolat bo‘lmay) taomni englar», – deydilar.
Boshqa rivoyatda aytilishicha, Oisha onamiz:
«Yo Allohning Rasuli, qilgan ishimning kafforoti nima?» – deydilar. U zot:
«Idishga o‘xshash idish, taomga o‘xshash taom», – deydilar.
Oisha onamiz roziyallohu anho Sofiya onamizning singan idishlariga o‘xshash idish olib kelishga ketadilar.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam esa odamlarga taomni edirib, taom olib kelgan xizmatchini ketkazmay turadilar. Taom eb bo‘linganidan keyin butun idishni xizmatchiga beradilar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:52 | Savol-javoblar | 168 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar