Hayit va arafa kunlari yaqinlik qilish

Assalomu alaykum! Bir kishidan eshitib qoldim hayit va arafa kunlari er-xotin jinsiy yaqinlik qilishi mumkin emas ekan, shunga aniqlik kiritib bersangizlar. Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bekor gap. Hadisda bu kunlar eb-ichish hamda yaqinlik qilish kunlaridir deyilgan. Albatta arafa kuni eng muborak, duolar mustajob bo‘ladigan, bir yillik hojatlarni so‘rab oladigan kundir. U kunda ro‘za tutish afzal. Tunda esa ixtiyorli. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:52 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar