Qurbonlik va aqiyqa

Assalomu alaykum! Ustozlar, bir tanishim qiz farzand ko‘rib ehson qilish vaqti sal o‘tib ketib yaqinda 4 yoshga to‘lar ekan. Endi ular shu munosabat bilan yaqinlashib kelayotgan Qurbon hayiti kuni qo‘y so‘yishni rejalashtirayotgan ekanlar, Qurbon hayiti bayrami va qizlarining tug‘ilishi ehsoni niyati bilan ham qilsalar shirk bo‘lib qolmaydimi yoki qizlari uchun alohida kuni qurbonlik qilib ehson qilishlari kerakmi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aqiyqani alohida qurbonlikni aloqida qilinadi. Ikkisini bitta qilib jamlab bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:52 | Savol-javoblar | 146 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar