Yo‘ymachilar va erning jannatdagi 72ta ayoli haqida

Assalomu alaykum! Kinna kirganda yo‘ydirib yuruvchilar yoki yuragi tushdi deb ko‘tartirib yuruvchilarning amali to‘g‘rimi? Yo‘yuvchi va yurak ko‘taruvchilar tasbeh bilan qandaydir duolar o‘qishadi. 2. Bir domlaning maruzasida jannatda har biringizni 72 ayolinggiz bo‘ladi ularning 2tasi bu dunyodagi ayollardan qolganlari hurlardan degan gaplar aytdi. Shu gaplar to‘g‘rimi? Javoblar uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bu narsalar dinga tegishli emas. Shariatimizda ruqiya oyatlarini o‘qib dam solish bor. 2). Quyida keltirilgan rivoyatlar sahih. 72ta ayol bo‘ladi degan rivoyatlar esa sanadi zaif. Sahih hadislarda jannatdagi ayollar haqida quyidagicha kelgan.  عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: أَوَّلُ زُمْرَةٍ تَلِجُ الْجَنَّةَ صُورَتُهُمْ عَلَى صُورَةِ الْقَمَرِ لَيْلَةَ الْبَدْرِ، لَا يَبْصُقُونَ فِيهَا وَلَا يَمْتَخِطُونَ وَلَا يَتَغَوَّطُونَ، آنِيَتُهُمْ فِيهَا الذَّهَبُ، أَمْشَاطُهُمْ مِنَ الذَّهَبِ وَالْفِضَّةِ، وَمَجَامِرُهُمُ الْأَلُوَّةُ، وَرَشْحُهُمُ الْمِسْكُ، وَلِكُلِّ وَاحِدٍ مِنْهُمْ زَوْجَتَانِ، يُرَى مُخُّ سُوقِهِمَا مِنْ وَرَاءِ اللَّحْمِ، مِنَ الْحُسْنِ، لَا اخْتِلَافَ بَيْنَهُمْ وَلَا تَبَاغُضَ، قُلُوبُهُمْ قَلْبٌ وَاحِدٌ، يُسَبِّحُونَ اللهَ بُكْرَةً وَعَشِيًّا  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Jannatga kiradigan birinchi jamoaning ko‘rinishi oy to‘lgan kechadagi to‘lin oydek bo‘ladi. Ular u erda tupurishmaydi ham, burun ham qoqishmaydi, qazoi hojat ham qilishmaydi. U erda ularning idishlari tilla, taroqlari tillayu kumushdan, tutatqisi aluvva,* terlari esa mushk bo‘ladi. Har birlarining ikkitadan jufti haloli bo‘lib, go‘zalliklaridan go‘sht tagidan boldirlarining iligi ko‘rinib turadi.* (Ahli jannatning) o‘rtalarida ixtilof ham, bir birini yomon ko‘rish ham yo‘q. Qalblari bir qalbdek. Ertayu kech Allohga tasbeh aytishadi».

* Aluvva – xushbo‘ylik. «Uluvva» ham deyiladi.
* Bu erda jannat hurlarining go‘zalligi, xususan, badanining naqadar musaffoligi vasf qilinmoqda. Imom Termiziy keltirgan rivoyatda «Boldirining oqligi etmish qavat kiyim ostidan ham ko‘rinadi...» deb ham tasvirlangan. عَنْ أَبِي بَكْرِ بْنِ عَبْدِ اللهِ بْنِ قَيْسٍ، عَنْ أَبِيهِ: رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّ فِي الْجَنَّةِ خَيْمَةً مِنْ لُؤْلُؤَةٍ مُجَوَّفَةٍ، عَرْضُهَا سِتُّونَ مِيلًا، فِي كُلِّ زَاوِيَةٍ مِنْهَا أَهْلٌ، مَا يَرَوْنَ الْآخَرِينَ يَطُوفُ عَلَيْهِمُ الْمُؤْمِنُونَ
وَجَنَّتَانِ مِنْ فِضَّةٍ آنِيَتُهُمَا وَمَا فِيهِمَا، وَجَنَّتَانِ مِنْ كَذَا آنِيَتُهُمَا وَمَا فِيهِمَا، وَمَا بَيْنَ الْقَوْمِ وَبَيْنَ أَنْ يَنْظُرُوا إِلَى رَبِّهِمْ إِلَّا رِدَاءُ الْكِبْرِ عَلَى وَجْهِهِ فِي جَنَّةِ عَدْنٍ
 Abu Bakr ibn Abdulloh ibn Qays otasi roziyallohu anhudan rivoyat qiladi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Jannatda ichi g‘ovak marvariddan chodir bor. Uning eni oltmish mil. Har bir burchagida bir ahl bor bo‘lib, narigilarini ko‘rmaydilar. Mo‘min ularni aylanib chiqadi.
Ikki jannat kumushdandir. Idishlari ham, ichlaridagi narsalari ham. Ikki jannat falon narsadandir. Idishlari ham, ichlaridagi narsalari ham. Adn jannatida odamlar bilan ularning o‘z Robblariga nazar solishlari orasida U Zotning Yuzidagi kibriyolik ridosidan boshqa narsa bo‘lmaydi». 
(“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:53 | Savol-javoblar | 153 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar