Onam bilan munosobat

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, 21 yoshga kirgan studentman, xali ota-onam qaramog‘idaman. Oxirga payt onam bilan munosobatim sovuqlashgan. Bilaman, o‘zim ko‘p noto‘g‘ri ishlar qilganman, afsuslanaman. Uzr so‘raganman, lekin uzr qabul qilmaganlar, manimcha. Onamlar bir ishni boshlagan paytlari, yordam beraman desam, xaydaydilar. Keyin yordam bermaydi deydilar. Nima qilishni bilmay qolganman. Ustoz qanday ish tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:  Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Robb(Alloh taolo)ning roziligi otaning roziligiga bog‘liqdir. Robbning g‘azabi otaning g‘azabiga bog‘liqdir” deganlar. Alloh taolo Isro surasida “Ota-onanga uff dema, ularni jerkima” deb marhamat qilgan” degan. Fuqaholarimiz ota-ona xato qilsa ularni bir bor yaxshilikka buyuradi. Agar qabul qilsalar qanday ham yaxshi, agar xushlamasalar sukut qilish va ularning haqqiga duo-istig‘forlar bilan mashg‘ul bo‘lish kerak. shunda Alloh taolo ikkisi tomonidan uni g‘amga solayotgan narsaga kifoya qiladi – deganlar. Ota-ona bilan baxslashsa bo‘ladimi degan savolga, ularning oyoq kiyimi bilan ham baxslashmaslik kerak deyilgan. Oxiratingizni kuydirib olmang. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:11 | Savol-javoblar | 174 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar