Hijob va qarshiliklar

Assalomu alaykum! Men Alloh buyurgan farzlardan birini bajarish maqsadda xijobga kirdim. Ammo onamga kutilmagan yangilik qildim, ularni xursand qilaman deb o‘ylab.... ulardan bemaslaxat niyat qilib o‘radim va ularga sms xabar orqali yozdim. Ular chet eldalar va mening yangiligim ularga yoqmadi va borsam o‘zim echaman, echmasang keyin xam o‘rayverasan dedilar. Men ularga tushuntirishga xarakat qilyapman. 10kun bo‘ldi lekin men bilan gaplashgilari yo‘q va uyda ham qarndoshlarda ham xijobliklar yo‘q, uyda xam faqat men nomozdaman va xijobda nima qilsam bo‘ladi? Maslaxat bering iltimos Alloh sizdan rozi bo‘lsin. Meni echish niyatim yo‘q.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Buni aytishga hojat yo‘q. Siz farzni bajaravering. Siz axloqingizni chiroyli qiling. Ularga yaxshi muomalada bo‘ling, qo‘pol va odobsiz muomaladan uzoqda bo‘ling. Farz amal uchun bandaning roziligni aloqasi yo‘q. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:54 | Savol-javoblar | 172 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar