Hadisdagi dam solish
Assalomu alaykum! Men xar kuni kechqurun yotishdan oldin Oyatul Kursi va Ixlos Nass va Falaq suralarini aytib dam solib uxlayman, lekin ushbu hadisdagi dam solish mazmunini tushuntirib bersangizlar. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Albatta, dam solish, tumor va issiq-sovuq shirkdir», dedi. Shunda uning xotini Zaynab: «Bu qanday gap? Axir mening ko‘zimdan yosh oqar edi. Falonchi yahudiyning oldiga borsam, dam solib qo‘ysa, to‘xtab qolar edi», dedi. «O‘sha shaytonning ishi. U qo‘li bilan u(ko‘z)ni chuqalar edi. Dam solganda to‘xtar edi. Senga esa Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytgan narsani aytish kifoya qilar edi: «Allohumma azhibil ba’sa. Robban-naasi, Ishfi. Antash-shafiy. Laa shifa’a illaa shifauka. Shifaan laa yug‘odiru saqman», dedi». Abu Dovud va Ibn Moja rivoyat qilganlar. («Hadis va Hayot» kitobidan).
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U shirkiy so‘zlarni aytib dam solar edi. Siz Qur’on o‘qirkansiz. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:55 | Savol-javoblar | 150 | Ibodatlar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U shirkiy so‘zlarni aytib dam solar edi. Siz Qur’on o‘qirkansiz. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:55 | Savol-javoblar | 150 | Ibodatlar