Tavofi ifozadan keyingi xolat

Assalomu alaykum! Xayzdan poklandim deb g‘usl qilib tavofi ifozani qildi. Qilib bo‘lgandan keyin yana ozgina xayzdan nopoklik kelib qolibdi, xayz bo‘lib yurganiga 8-9 kun bo‘libdi. Endi to‘liq poklangandan keyin tavofni qilib qo‘yaversinmi yoki jarima bormi? Nima kilish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom!Hayz holatida tavofi ziyorat qilishAgar ayol kishi ilmsizlik yoki beparvolik bilan hayz holatida tavofi ziyoratning hammasi yoki ko‘proq aylanasini ado etsa, masalan, ayolga tavofning uch aylanasidan keyin hayz qoni kelib qolsa va u o‘sha holatda qolgan to‘rt aylanani mukammal qilsa, unga jarima sifatida badana (tuya yoki mol) vojib bo‘ladi. Agar u qurbonlik kunlari ichida (albatta, hayzdan pok bo‘lgach, g‘usl qilib) mukammal tavofni yoki hayz holatida qilingan aylanalarni qayta bajarsa, undan kafforat soqit bo‘ladi, ya’ni unga biror jarima lozim bo‘lmaydi. Agar (o‘sha ayol qurbonlik kunlari tugashigacha tavofning aksar aylanasini ado etishga etadigan darajada vaqt qolganda pok bo‘lsa-yu, lekin) tavofni qurbonlik kunlari o‘tgandan keyin qayta bajarsa, unda kechiktirgani sababli qurbonlik (qo‘y yoki echki) lozim bo‘ladi. («G‘unyatun-nosik»).
Agar ayol kishi tavofi ziyoratning kamroq aylanasini hayz holatida bajarsa, masalan, to‘rt aylanani ado etgandan so‘ng hayzi boshlansa va shu holatda qolgan uch aylanani ham oxiriga etkazsa, u ayolga bir qurbonlik vojib bo‘ladi. Agar o‘sha aylanalarni qurbonlik kunlari o‘tguncha qayta bajarsa, unda kafforat qurbonligi soqit bo‘ladi. Agar qurbonlik kunlari o‘tgandan keyin qayta bajarsa, har bir aylana evaziga bir sadaqa (yarim so’ bug‘doy) berishi lozim bo‘ladi. Chunki bu - tavofi ziyoratning kamroq aylanasini qurbonlik kunlaridan kechiktirishning jarimasidir («G‘unyatun-nosik»). Vallohu a’lam!

14 Oktabr 2023, 12:25 | Savol-javoblar | 0 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar