Daraxtni kesish

Assalomu alaykum! Mening nonvoyxonam bor, nonvoyxonani oldida bir daraxt o‘sgan, manimcha 40 yil oldin bir odam shu men ishlayotgan nonvoyxonani oldiga o‘lgan ekan va shu erga ko‘mgan ekan. Daraxt o‘sib chiqqan, hama odamlar shu daraxtni oldidan o‘tganda omin deb o‘tadilar, bir odam daraxtni kesib bo‘lmaydi kim kessa kasal bo‘ladi deyapti. Bir bola shoxini keskan ekan qo‘li og‘rigan ekan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ba’zi bir kishilar tarafidan “falon daraxtni kesgan ekan falon bo‘libdi fulon bo‘libdi” degan gaplar yuradi. Aslida bu daraxtni muqaddas ekanligiga bog‘liq emas. Odatda u kabi joylarga jinlar uy qurgan bo‘ladi, kesgan odam ko‘rmasdan va bilmasdan ularga zarar etkazib qo‘yadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham bir necha hadislarida kovakka, o‘t-o‘lanlar o‘sgan joylarga bavl qilishdan qaytarganlar. Sababi u erlarga ham jinlar jyolashib olgan bo‘lishadi. Bavl qiluvchiga zarar etkazib qo‘yishi mumkin. 40 yil oldin o‘lik ko‘milgan bo‘lsa chirib bo‘lgan bo‘ladi. Biror yo‘l qilinmoqchi bo‘lsa kesish joiz. Namozxon va Qur’on o‘qishni bilsangiz Bismillah deb kesib yuborishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:00 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar