Rus qiz bilan nikoh

Assalomu alaykum! Men va rus qizi bilan bir birimizni juda sevamiz va u qiz muslima emas. Agar men u qizni nikoximga olsam halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar ateist bo‘lmasa nikohingizga olishingiz joiz. Siz sababli islomga kirsa ulkan savobga ega bo‘lasiz. عَنْ سَهْلِ بْنِ سَعْدٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ ثُمَّ ادْعُهُمْ إِلَى الْإِسْلَامِ، وَأَخْبِرْهُمْ بِمَا يَجِبُ عَلَيْهِمْ مِنْ حَقِّ اللهِ فِيهِ، فَوَاللهِ لَأَنْ يَهْدِيَ اللهُ بِكَ رَجُلًا وَاحِدًا خَيْرٌ لَكَ مِنْ أَنْ يَكُونَ لَكَ حُمْرُ النَّعَمِ Sahl ibn Sa’d roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Aliy roziyallohu anhuga: “Keyin ularni Islomga chaqir, zimmalariga Allohning haqlaridan nimalar vojib bo‘lishini xabar qil. Allohga qasamki, sen tufayli bir kishining hidoyat topishi sen uchun qizil tuyalaring* bo‘lishidan yaxshidir», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:59 | Savol-javoblar | 192 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar